O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
14 hududdan ikki yuz nafar xalq ta’limi mudiri malaka oshirdi
2018-01-05 | Ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari mudirlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Uch kunlik seminarda 14 hududdan ikki yuz nafar tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari mudiri ishtirok etdi. Tadbirda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar, o‘g‘il-qizlarni kasbga ixtisoslashtirish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualari yaratishga oid targ‘ibot-tushuntirish mashg‘ulotlari olib borildi.
Umumta’lim maktablarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan «Muvaffaqiyat maktabi» trening-mashg‘ulotlari, «Zakovat» intellektual o‘yini, «Munozara» klubi, «Qizlarjon» barkamol qizlar klublarini tashkil etish yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Erishilayotgan natijalar tahlil etilib, istiqboldagi ishlar rejalashtirildi. Muvaffaqiyatlarga erishayotgan mutaxassislarning tajribasi ommalashtirildi.