O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Inson huquqlariga bag‘ishlangan yangi kitob

2015-04-17 | Jamiyat

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazida "Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi: xalqaro amaliyot va O'zbekiston tajribasi" nomli kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) S.Rashidova, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining birinchi o'rinbosari M.Tillaboyev va boshqalar mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta'minlash davlat qurilishi va jamiyatni rivojlantirishning, ichki va tashqi siyosatning eng ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilanganini ta'kidladi.

Mamlakatimizda inson huquqlari ustuvorligi tamoyiliga tayanib, milliy huquqiy tizim yaratildi, inson manfaatlari islohotlar strategiyasining asosi sifatida belgilangan. Demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, unga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi Konstitutsiyamizda ifodalangan. Fuqarolarning shaxsiy, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy huquqlarini himoya qilishga yo'naltirilgan ko'plab qonunlar qabul qilingan. Bu mazkur yo'nalishda milliy qonunchilik tizimi shakllanganining amaldagi isbotidir.

Inson huquqlarini ta'minlash bo'yicha milliy institutlar faoliyati yo'lga qo'yilgani, sohada uzluksiz ta'lim va ma'rifiy ishlar olib borilayotgani bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi hamda Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz tomonidan "Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi: xalqaro amaliyot va O'zbekiston tajribasi" innovatsion loyihasi doirasida chop etilgan yangi kitob ham inson huquqlari sohasidagi ishlarni rivojlantirishga qaratilgan. Unda mamlakatimizda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlar qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari, inson huquq va erkinliklarini ta'minlashning monitoringi hamda amalga oshirishning xalqaro andozalari o'rin olgan. Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tizimi, yurtimizda fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar hamda ularning amalga oshirilishi, shuningdek, bolalar va ayollar huquqlarining monitoringi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari ham kitobda keng yoritilgan.

Tadbirda markazning asosiy vazifalari, axborot-resurs markazi faoliyati, milliy ma'ruzalar tayyorlanishi, inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik va fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha atroflicha ma'lumot berildi. Inson huquqlarini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalariga bag'ishlangan "Agar sen haq bo'lsang..." nomli hujjatli film namoyish etildi.

Поделиться