O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat test markazida qo‘shimcha repetitsion test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda

2018-01-04 | Ta’lim

Davlat test markazidan ma’lum qilishlaricha, ayni kunlarda oliy ta’lim muassasalariga kirish istagida bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarning qishki ta’tilga chiqqanidan foydalanib, qo‘shimcha repetitsion test sinovlari tashkil etilgan.

Ishtirokchilar 1 avgustdagi tartibda uchta fandan tayyorlangan test savollariga belgilangan muddat davomida javob topishadi. Natijalar yarim soatda tekshirilib, ishtirokchilar yiqqan ball e’lon qilinadi. Ular yo‘l qo‘ygan xatolar ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad abituriyentlarni test materiallari - savollar kitobi, javoblar varaqasi bilan ishlash ko‘nikmasini mustahkamlash, test sinovlari o‘tkazish tartibi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. 

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться