O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TATU va KOICA istiqbolli loyihani amalga oshiradi

2017-12-14 | Texnologiyalar

13-dekabr kuni vazirlikda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda vazirlik rahbariyati hamda agentlikning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Son Song Il boshchiligidagi Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan KOICA mutaxassislari ishtirok etdilar.

KOICA mutaxassislari universitetda bo'lib, tashkilot tomonidan amalga oshirilishi belgilangan "AKT orqali Toshkent axborot texnologiyalari universitetining innovatsion ta'limiy muhitini rivojlantirish" loyihasini yaqindan o'rganishdi. 
 
Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, har ikkala tomon axborot texnologiyalari, jumladan masofaviy ta'lim rivojlantirish bo'yicha o'zaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari xususida takliflarini bildirdi. Qayd etilganidek, TATU va KOICA o'rtasidagi hamkorlik O'zbekistonda jahon standartlariga mos malakali kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi.

Поделиться