O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qarshida yana 5 oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi

2017-12-31 | Jamiyat

– Bugun quvonchim ichimga sig‘maydi, – deydi yangi xonadon sohibalaridan biri II guruh nogironi Dilrabo Ahmedova. – Ko‘p yillar avval baxtsiz hodisa tufayli oyoqlarim qattiq lat yeb, yurolmay qoldim. Doim kayfiyatim tushkun edi. Ammo biz kabi imkoniyati cheklangan fuqarolarga Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibordan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. Xastaligimni unutgandek bo‘ldim. Bugun bir xonali kvartira sohibasiga aylandim. Qalbimda yangi umidlar, orzular paydo bo‘ldi. Davlatimiz rahbari bizga baxt ulashdi.

Qarshida o‘tkazilgan tadbir davomida 5 nafar nogironi bor oila a’zolariga yangi uy kalitlari tantanali topshirildi.

2017 yilda 5 qavatli Qarshi shahrida 315 xonadonli ko‘p qavatli uy-joy o‘z egalariga topshirilib, ular Yangi yil bayramini yangi uylarda qarshi olmoqda.

Kelgusi yilda Qashqadaryo viloyati markazida 14 ta arzon narxdagi ko‘p qavatli uylar quriladi. Ayni paytda Qarshi shahridagi Jayxun ko‘chasida 2 ta, O‘zbekiston ko‘chasidagi 5 ta uy qurilishi jadal olib borilmoqda. Oydin mahallasida qurilishi rejalashtirilgan arzon ko‘p qavatli uylardan 7 tasida hozirgi kunda poydevor ishlari boshlab yuborilgan.

2017-2020 yillarda Qarshi shahrida 1 ming 701 xonadonli jami qirqta ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishi belgilangan.

 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Поделиться