O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“MIB portal” tizimi – sansolarlik va korrupsiyaning oldini oladi

2017-12-31 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasida Prezidentimizning 2017 yil 23 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

– “MIB portal” tizimi orqali mazkur sohadagi hamkor tashkilotlar, ya’ni sud, ichki ishlar organlari, davlat kadastr xizmati va banklar faoliyati integratsiyalashadi, – deydi boshqarmaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ulug‘bek Ismatullayev. – Barcha ijro hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron shaklda almashinuvi ularning o‘z vaqtida ijroga qaratilishini ta’minlaydi. Yangi tizim ijro hujjatlarini qabul qilish, ijroga qaratish borasida sansolarlik va korrupsiyaning oldini olishi bilan ham ahamiyatlidir. Hozirgi kunda viloyatdagi davlat ijrochilari tomonidan 3 mingdan ortiq ijro hujjati mazkur “MIB portal” tizimi orqali ijroga qaratib kelinmoqda. Ayni paytda “MIB portal” tizimini takomillashtirish ishlari olib borilib, ushbu tizimning mobil ilovasi ham ishlab chiqilmoqda. Mobil ilova ishga tushirilishi bilan davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjati bo‘yicha joyiga chiqqan holda tegishli to‘lovlarni undirish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ishtirokchilarga Byuroning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan “MIB portal” yangi tizimining mohiyati, uni joriy etishdan ko‘zda tutilgan maqsad, ushbu tizimning afzalliklari va qulayliklari haqida ma’lumot berildi. Soha xodimlari uchun “MIB portal” tizimini joriy etishda hamda ishlashning texnik-texnologik jihatlari, portalga kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

 

Akramjon SATTOROV, O‘zA

Поделиться