O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Keksalari ulug‘langan yurt

2015-04-16 | Jamiyat

Samarqandda O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va uning viloyat birlashmasi tashabbusi bilan "Keksalarini e'zozlagan yurt" nomli madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Keksalarni e'zozlash yili hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o'rinbosari B.Mahmadaliyev, "Nuroniy" jamg'armasi Samarqand viloyati bo'limi raisi H.Normurodov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda yoshi ulug' insonlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi. Joriy yilda esa bu boradagi ishlar ko'lami yanada kengayib, bunda kasaba uyushmalari tashkilotlari ham faol qatnashmoqda.

– Bu yil viloyatimiz bo'yicha 350 nafardan ziyod keksalarning kasaba uyushmalari sanatoriyalarida bepul va imtiyozli yo'llanmalar asosida dam olishi belgilangan, – deydi Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Farhod Xidirov. – Bundan tashqari, nuroniylarning Samarqand shahri va mamlakatimizning boshqa hududlaridagi tarixiy maskanlar, muqaddas ziyoratgohlarga sayohatlari ham rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib, bugungi tadbirga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari taklif etilib, ularga tashkilotimizning esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbirda 60 nafar otaxon va onaxonga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriyalarga bepul va imtiyozli yo'llanmalar berildi.

Qirq nafarga yaqin faxriylar esa Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, muqaddas qadamjolarini ziyorat qilib, Buxoro shahriga sayohatga jo'nab ketdi.

Поделиться