O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Munosabat: xalq manfaatiga hamohang
2017-12-28 | Ta’lim
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O’zbekiston Respublikasining 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishlari to’g`risidagi mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisiga Murojaatnomasi va unda ko’tarilgan dolzarb masalalar har birimizning faoliyatimizda katta ijobiy o’zgarishlar yasashimizga turtki bo’ladi, albatta.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Murojaatnomasida maktabgacha ta’lim tizimi tubdan isloh qilishga alohida urg`u berilishi yosh avlodga bo’lgan e’tibor va g`amxo’rliklarni tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etilishi ham yurtimiz tarixida juda katta voqea bo’ldi. Chunki endilikda maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablar darajasida mustahkamlanadi. Bolalarning har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi. Ularni maktabga tayyorlash sifati tubdan yaxshilanadi. Bu borada “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g`risida” gi qarori ijrosiga alohida to’xtalindi.
Bugungi kunda viloyatmizda 658 ta davlat tasarrufidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari bo’lib, ularda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar va tarbiyachilarni malakasini yanada oshirishga qaratilgan vazifalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.
Prezidentimiz bu yilgi paxta yig`im-terim mavsumida ma’lumotlarga qo’shib yozishlar qayd etilganini kuyinib gapirdi. Tekshirishlar shuni ko’rsatmoqdaki, haligacha joylarda paxta hosilini yig`ib-terib olishda haqiqiy ahvolni bo’rttirib ko’rsatib, rejaga qo’shib yozishlar davom etmoqda. Bunday salbiy illatlarni o’tib ketganiga ancha bo’ldi. Lekin shunday kamchiliklarga hududlarida yo’l qo’ygani uchun ikkita viloyat hokimi vazifasidan bo’shatildi.
Mukrojaatnomada bildirilgan fikrlarni har birimiz o’z xizmat vazifamizda dasturilamal qilib olib, xalq manfaati yo’lida astoydil ishlash barchamizning burchimizga aylanmog`i kerak.
Alibek TURSUNOV,
Buvayda tuman hokimi.