O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tizimdagi ishlar sarhisobi

2017-12-28 | Ta’lim

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish, tizimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida qariyb 25-ming professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ularning 1,5 mingdan ziyodi fan doktori, 6,5 mingga yaqini fan nomzodi ilmiy darajalariga ega. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi muassasalarda jami 1 ming 482 nafar doktorant hamda mustaqil tadqiqotchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 27-iyuldagi «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Tadbirda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Daniya, Janubiy Koreya, Rossiya va Qozog‘iston singari mamlakatlar tajribalari o‘rganilgan holda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini axborotlashtirish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilgani aytildi. Unda kelgusi besh yillikda oliy ta’lim tizimida AKT infratuzilmasini yanada yaxshilash, shuningdek, elektron ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Shuningdek, bosqichma-bosqich OTMlarni zamonaviy kompyuter, server, tarmoq jihozlari, jumladan, Wi-Fi qurilmalari, proyektor va boshqa multimedia vositalari bilan jihozlash ko‘zda tutilgan. 

Oliy ta’lim tizimida AKTni joriy etish ta’lim sifatini oshirish, bilimlar bazasini tashkil etish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi. 

 

Mohigul Qosimova, O‘zA

Поделиться