O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Rossiya tajribasi
2017-12-27 | Jamiyat
Joriy yilning 26-dekabr kuni Adliya vazirligi ishchi guruhi Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida Iqtisodiy rivojlanish vazirligi xodimlari bilan uchrashishdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ishchi guruhi “Mening hujjatlarim” («Мои документы») – davlat va kommunal xizmatlarini ko‘rsatuvchi Ko‘p funksional markazlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar bilan tanishishdi. KFM xizmatlaridan aholining 90% dan ortig‘i foydalanishi mumkin.
Rossiya Federatsiyasi hududida 2600dan ortiq KFM va 10100 dan ortiq davlat va kommunal xizmatlari idoralari faoliyat ko‘rsatmoqda. “Yagona darcha” soni odamlarning soni va hududiy joylashuviga bog‘liq: 1 “yagona darcha” - 2 ming kishiga xizmat ko‘rsatadi. KFM budjetdan moliyalashtiriladi. KFM faoliyati Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Aholini “yagona darcha” bilan qamrab olish ko‘rsatkichi taxminan 94% ni tashkil etadi.
Shunday qilib, KFM davlat va kommunal xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etuvchi tashkilot bo‘lib,uning asosiy vazifasi mamlakat aholisiga xizmat ko‘rsatishdir. KFM federal va quyi tizimlarda belgilangan xizmatlarni taqdim etadi. KFM dam olish kunlarisiz haftasiga ertalab soat 8 dan kech soat 8 gacha aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Tashrif davomida ishchi guruh Moskva shahridagi KFM lardan birining ish faoliyati bilan tanishishdi.