O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sug‘urta – kafolatli himoya

2015-04-15 | Iqtisodiyot

O'zbekiston Milliy matbuot markazida "O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturi ijrosiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida soha rivojiga qaratilayotgan alohida e'tibor natijasida mamlakatimiz sug'urta bozori jadal rivojlanayotgani ta'kidlandi. Cug'urta bozori ishtirokchilari faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratilib, qator qonunlar hamda me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingani ularning huquq va manfaatlarini ta'minlashda muhim omil bo'lmoqda.

Bugungi kunda "O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi mijozlarga yuzdan ziyod turdagi sug'urta xizmatini ko'rsatmoqda. Kompaniyaning 14 hududiy filiali, 125 bo'linmasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, mingga yaqin sug'urta agentlari tomonidan mijozlarga xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yilgan.

Kompaniya tizimidagi "O'zbekinvest – hayot" sug'urta kompaniyasi asosan inson hayoti bilan bog'liq sug'urta xizmati ko'rsatadi. U yuridik va jismoniy shaxslarga bonus to'lovli hayot jamg'arma sug'urtasi, ixtiyoriy tibbiy, baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug'urta, xorijga chiquvchi fuqarolar hayotini sug'urtalash kabi xizmat turlarini taklif etmoqda.

Kompaniya faoliyatining asosiy yo'nalishi sug'urta hodisasi ro'y berganda tezkor va sifatli xizmat ko'rsatishdan iborat. Joriy yilning birinchi chorak yakunlariga ko'ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari shaxsiy va mulkiy manfaatlarini sug'urta himoyasi bilan ta'minlash bo'yicha olingan sug'urta majburiyatlari hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foiz, yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi esa 27 foizga oshdi.

– Sug'urta tizimi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim ahamiyat kasb etuvchi qismiga aylanmoqda, – deydi "O'zbekinvest" kompaniyasi bosh direktorining o'rinbosari Jamshid Rizayev. – Ijtimoiy siyosat bilan uyg'unlikda olib borilayotgan bozor islohotlari iqtisodiyotning izchil rivojlanishi va sug'urta biznesini yuritishda xalqaro talablarga javob beruvchi sug'urta tizimini shakllantirdi.

Tadbirda "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturi ijrosini ta'minlash bo'yicha kompaniyada tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani, unga muvofiq baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish va tibbiy sug'urta bo'yicha shartnomalar tuzilayotganda keksalar uchun chegirmalar mavjudligi ta'kidlandi. Jurnalistlarning savollariga javob berildi.

Поделиться