O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi yil bayramiga munosib tuhfa

2017-12-27 | Jamiyat

Namangan viloyatida Prezidentimizning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida barpo etilgan uy-joylardan yana 8 tasi foydalanishga topshirildi.

Viloyat va tuman hokimliklari, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ul xodimlari, faxriylar, yoshlar, jurnalistlar ishtirokida Namangan shahri, Yangiqo‘rg‘on, Uychi, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on va Chust tumanlarida jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar hamda kam ta’minlangan oilalar uchun qurilgan mazkur uy-joylarni tantanali topshirish marosimida Prezidentimiz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

– Bugungi hayajon va quvonchimni so‘z bilan ta’riflay olmayman, – deydi Chust tumanining Sabzavor dahasida qurilgan har biri 16 xonadondan iborat to‘rtta 2 qavatli uylardan birining sohibiga aylangan II guruh nogironi Munisa Vaqqosova. – Uy-joyli bo‘lganim, mehribon Prezidentimiz, hukumatimiz, xalqimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan beqiyos g‘amxo‘rlik mening hayotga, yashashga ishtiyoqimni kuchaytirdi, jamiyatda o‘z o‘rnimga ega ekanimni his qildim. Akam va uning sakkiz kishidan iborat oilasi bilan birga yashar edim. Biroq, o‘z uying bo‘lganiga nima yetsin! Prezidentimizdan bir umr minnatdorman. 

Shu kabi samimiy minnatdorlik Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi II guruh nogironlari Xurshida Abdullayeva, Mohira Imomboyeva, to‘raqo‘rg‘onlik Zamira Ahmedsherova va uy-joyga ega bo‘lgan boshqa ko‘plab fuqarolar tomonidan ham izhor qilindi. 

– Bunday qulay sharoit yaratilgan uyni har qanday oila bekasi orzu qiladi, – deydi X.Abdullayeva. – Oshxona, yuvinish xonalari zamonaviy jihozlangan, issiq suv, sovuq suv bor, eshik-romlar shovqindan, issiq-sovuqdan himoya qiladi. Uy bekasi ortiqcha qiyinchilik va muammolarsiz ro‘zg‘or yuritishi uchun barcha sharoit muhayyo. 

Shu kuni kam ta’minlangan, jismoniy imkoniyati cheklangan va uy-joyga muhtoj 290 nafardan ziyod fuqaroga yangi xonadanlar kaliti topshirildi. 

Ta’kidlash joizki, joriy yilda viloyat bo‘yicha 38 dahada 1 ming 184 arzon uy-joy qurib bitkazildi va 1000 ga yaqin oila yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tdi. 

Yangi uy-joylarni topshirishga bag‘ishlangan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoyberganov, Namangan viloyati hokimi X.Bozorov ishtirok etdi.

 

Akramjon Sattorov, O‘zA

Поделиться