O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston XDP mas’uliyatsiz deputatlarni matbuotda tanqid qiladi. O‘zbekiston “Adolat” SDP ta’limdagi qog‘ozbozliklarga qarshi kurashadi

2017-12-26 | Jamiyat

Parlament quyi palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, unda bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan tashabbus va takliflardan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalasi o‘rganib chiqildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlardan kelib chiqib, 2018 yildan boshlab deputatlarning qonun ijodkorligiga qo‘shgan hissasi, vaqtdan unumli foydalangan holda aholi bilan o‘tkazgan yuzma-yuz uchrashuvlari, kiritgan amaliy takliflari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi va shaxsiy tashabbuskorligi bo‘yicha har oylik monitoringni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. 

O‘zbekiston XDP fraksiyasi, markaziy va hududiy kengashlar faoliyatining ochiq va oshkoraligini ta’minlash maqsadida partiya nashrlarida talab darajasida ish tashkil eta olmagan, o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan deputat yoki hududiy kengashlar faoliyati haqida tanqidiy maqolalarni berib borish yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlab o‘tildi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida e’tirof etilganidek, Prezidentimizning tarixiy Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra eng avvalo xalq manfaati yo‘lida xizmat qilish, xalq bilan muloqotni davom ettirish, odamlarni hayotdan rozi qilish, kelajakka ishonchini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bu borada yechimini kutayotgan masalalar aniq dalillar asosida bayon qilinib, taraqqiyotimizning yangi bosqichida oldimizda turgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi. 

Yig‘ilishda deputatlar partiya dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bu borada, ayniqsa, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limda attestatsiya va akkreditatsiya qilish jarayonlarida yengilliklar yaratish, sohaning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash lozimligini qayd etdi. Bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Davlat test markaziga parlament so‘rovini yuborish masalasi ham muhokama qilindi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться