O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax yoshlar yetakchisi: “Yoshlarga g‘amxo‘rlik va e’tibor ularning qornini to‘q, ustini but qilishdangina iborat emas”

2017-12-26 | Jamiyat

Jizzaxda “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida “Armiya va yoshlar” mavzusida festival o‘tkazildi.

Festivalga 10 mingga yaqin talaba, o‘quvchi va uyushmagan yoshlar qamrab olindi.

Festival doirasida viloyat markazidagi Mustaqillik maydonida zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslaha, qutqaruv-qidiruv xizmatining moddiy ta’minot bazasi ko‘rgazmalari tashkil etildi. Jizzax garnizoni orkestri, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari, turli harbiy qismlarning saf ko‘riklari, “Vatanparvar” tashkilotining aviamodel, avtomoto sport to‘garaklari ishtirokchilarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish qilindi.
 
– Yoshlarga g‘amxo‘rlik va e’tibor faqat ularning qornini to‘q, ustini but qilishdangina iborat emas, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi raisi Aziz Egamberdiyev. – “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida o‘tkazilgan festival yoshlarni Qurolli Kuchlarimizni mustahkamlashda erishilgan yutuqlar bilan tanishtirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

 

Toshkul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA

Поделиться