O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bahoni xalq beradi. Prezidentimiz Murojaatnomasini tinglab…

2017-12-26 | Siyosat

Joriy yilning 22-dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz tarixida ilk bor yangi amaliyot sifatida Oliy Majlisga Murojaatnoma shaklidagi dasturiy ma’ruza bilan chiqish qildi.

Murojaatnomada ilgari surilgan barcha fikrlar, g‘oyalar, tashabbuslar yagona ezgu maqsad – fuqarolarimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish, yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. 

Mazkur marosimda oldimizda yanada ulkan va mas’uliyatli vazifalar turganini angladik. Mamlakatimizda 2017-yilda amalga oshirilgan shiddatli islohotlar kelgusi yilda ham Prezidentimiz rahnamoligida yanada qat’iyat, shijoat asosida, yuksak marralarni ko‘zlab davom ettirilishini tushundik. 

2018-yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilindi.

Parlamentimiz faoliyati yanada kuchayishi, deputatlarimiz uyg‘onishi, “tirik qonunlar” qabul qilishimiz lozimligi, xalq manfaati yo‘lida yangi va zamonaviy tashabbuslarni dadil ilgari surish lozimligi haqidagi tavsiyalarni faoliyatimizning bosh mezoni sifatida belgilab oldik. 

Prezidentimizning “Barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz kerak: qonunning birdan-bir manbai va muallifi, tom ma’noda, xalq bo‘lishi shart. Har bir qonun loyihasi yuzasidan fikr va takliflarni quyidan – fuqarolardan, joylardagi xalq deputatlari Kengashlaridan olish tartibini keng joriy etish zarur. Qonunlarni qabul qilish jarayonida ularni aholi o‘rtasida har tomonlama muhokama qilish tizimidan samarali foydalanishimiz kerak”, degan da’vatlari faoliyatimizni yanada jonlantirish, xalq ichiga yanada kirib borish va amaliy natija beradigan qonun hujjatlarini qabul qilishga e’tibor qaratishimiz zarurligini anglatadi. 

Boshqaruvda mutlaqo yangi tizim joriy etilayotgani, hokimiyatlar vakolatlarini baholash mezonlarining ishlab chiqilishi, nomarkazlashtirish siyosatining amalga oshirilishi, juda muhim masalalar yuzasidan yuksak jasorat bilan ilgari surilgan tashabbuslar, hududlarda aholini tashvishga solayotgan chegara postlari, aybsiz aybdor bo‘lish, nomunosib tarzda javobgarlikka tortilish kabi dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar xalqimizning dilidagi gap bo‘ldi. 

Ayollarimiz huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga qulay sharoit yaratish, xotin-qizlar o‘rtasidagi o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq holatlarning oldini olish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilangandi. 

Murojaatnoma asosida belgilangan har bir vazifa ijrosini ta’minlashda yanada faol bo‘lishimiz, xalqimiz uchun Prezidentimizdek fidoiylik, jonkuyarlik bilan ishlashimiz zarur, bizga faqat va faqat xalq baho berishini unutmasligimiz shart. 
 

Shuhrat Yoqubov,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputati.

Поделиться