O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Profilaktika inspektorlariga xizmat uyi va avtomashina topshirildi

2017-12-25 | Jamiyat

24-dekabr sanasi Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimidagi tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining 251 nafari uchun unutilmas kun bo‘lib qoladi. 

Buxoro shahridagi "Humo" tennis majmuasida profilaktika inspektorlarining qasamyod qabul qilish va ularga xizmat uyi hamda imtiyozli ravishda beriladigan shaxsiy avtomashina kalitini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda turli vazirlik va idoralar xodimlari, viloyat hokimligi mutasaddilari, jamoatchilik vakillari, profilaktika inspektorlarining oila a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.Bobojonov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida ichki ishlar tizimi faoliyatini takomillashtirishga doir keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, sohaning huquqiy asosi mustahkamlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Tantanali qasamyod qabul qilish marosimidan so‘ng davlatimiz rahbarining joriy yil 20-apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ularga xizmat uyi va imtiyozli kredit asosida sotib olingan yangi xizmat avtomashinasi kalitlari topshirildi.

– Shu paytgacha doimiy yashash joyimdan 30 kilometr uzoqqa qatnab ishlar edim, – deydi Peshku tumani Alisher Navoiy nomidagi va “O‘zbek” mahalla fuqarolar yig‘inlari profilaktika inspektori kapitan Jahongir Muhidov. – Endi oilam bilan uch xonali xizmat uyida, bevosita mahalla hududida yashaydigan bo‘ldim. Bu hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi. Qolaversa, imtiyozli kredit asosida “Matiz” rusumli avtomashinali ham bo‘ldim. Bu voqea joyiga o‘z vaqtida yetib borish, vaziyatni tez o‘rganishda juda qo‘l keladi.

Joriy yil oktabr oyida viloyatda ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining 120 nafariga xizmat uyi va imtiyozli kredit asosida xizmat avtomashinasi kaliti berilgan edi. Shu tariqa 371 profilaktika inspektori uchun ana shunday imkoniyat yaratildi.

Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining sohaviy xizmatlar va mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda jamoatchilik bilan hududlarda tinchlik-osoyishtalik, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida hamjihatlikdagi harakati samarasida joriy yilning 11 oyida viloyatda jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 143 taga kamaydi. 

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi. 
 

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat), O‘zA

Поделиться