O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Navoiy viloyatidagi kuchli shamol oqibatlari to’g’risida ma'lumot
2017-12-25 | Jamiyat
24-dekabr kuni Navoiy viloyatining Nurota va Tomdi tumanlarida 18 m/s gacha shamol esishi kuzatildi.
Kuchli shamol oqibatida ma'muriy va turar-joy binolarining tom qismi alohida fragmentlari zarar ko’rdi.
Shamol oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, joylarda tuman hokimlari boshchiligida FVB, IIB, kommunal xizmatlar va boshqa tegishli idora vakillaridan iborat tezkor shtablar tashkil etildi.
Kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur bo’lgan kuch va vositalar safarbar etildi.
Jabrlanganlar to’g’risida ma'lumot kelib tushmadi.
Joriy yilning 25-dekabr kuni davomida Navoiy viloyatida kuchli shamol esishi kutilayotganligi sababli, xavfsizlik choralariga rioya qilishingizni so’raymiz.