O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Belgiya uskunalari “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga

2017-12-25 | Iqtisodiyot

Yaqin kunlarda “UrgGazKarpet” korxonasi Belgiya “Van de Wiele” ishlab chiqaruvchisining gilam to‘qish bo‘yicha eng zamonaviy uskunasini oladi. Yetkazib berilayotgan jihozning qiymati qariyb 2 million yevroga teng.

Shuni ta’kidlash joizki, “Van de Wiele” kompaniyasi O‘zbekiston bilan 2003-yildan buyon hamkorlik qilib keladi - kompaniya mamlakatimizga gilam to‘qish uskunalarini yetkazib bermoqda.

Hozirgi kunda respublikamizda shu nomdagi xolding tomonidan ishlab chiqarilgan 125 tadan ziyod to‘quv dastgohlari ishlab turibdi. Belgiya kompaniyasi oxirgi yillarda mamlakatimizda ko‘plab xaridorlar bilan uzviy aloqalar o‘rnatdi. Bular, asosan, Samarqand, Buxoro Jizzax, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi gilam ishlab chiqaruvchi korxonalardir. Bugungi kunda O‘zbekiston Eron, Turkiya, Xitoy va Marokash singari kompaniyaning yirik bozorlari beshligidan o‘rin olgan.

“Van de Wiele” kompaniyasining uskunalari bu safar biznes olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan korxonaga yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, “ Van de Wiele” kompaniyasining asosiy zavodi Belgiyaning Kortreyk shahrida joylashgan. Shuningdek, uning korxonalari Germaniya, Italiya, Xitoy, Fransiya, AQSh, Turkiyada ham faoliyat ko‘rsatadi. Xoldingning yillik aylanma mablag‘i 500 million yevroni tashkil qiladi.

Поделиться