O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chilonzorliklar saylovda faol ishtirok etmoqda

2017-12-24 | Saylov

Toshkent shahrida xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovlar bayramona ruhda davom etmoqda. Shaharda tashkil etilgan 885 saylov uchastkasida ovoz beruvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Bugungi muhim siyosiy voqelikda saylovchilar o‘zlari tanlagan nomzodni yoqlab, ovoz berish orqali farovon kelajak va o‘z hududining istiqbolini belgilash imkoniga ega bo‘lmoqda. 

Chilonzor tumanidagi “Katta Chilonzor-3” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 555-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Saylov uchastkasi talablarga mos jihozlanib, keksa yoshdagi insonlar, jismoniy imkoniyati cheklangan va muayyan sabablarga ko‘ra saylov uchastkasiga kela olmagan fuqarolarga ovoz berishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan. 

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov jarayonlari Konstitutsiya va qonunlarimizga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalardan kelib chiqib, ilk bor o‘tkazilmoqda. Shu ma’noda, fuqarolarga milliy qonunchiligimiz atroflicha tushuntirildi, uchrashuvlarda nomzodlarning saylovoldi dasturlari, xalq manfaati va yurt ravnaqi yo‘lidagi amalga oshiriladigan muhim vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Saylovda hudud aholisi, ayniqsa, yoshlarning faollik ko‘rsatayotgani odamlarda fuqarolik pozitsiyasi, daxldorlik hissi tobora yuksalib borayotganidan dalolat. Hozirgina ovoz bergan yosh saylovchilardan birini suhbatga tortamiz. 

– Bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov mamlakatimiz hayotidagi yana bir muhim tarixiy sanadir, – deydi Abror Ergashev. – Boisi shu vaqtgacha biz, poytaxt tumanlari aholisi bunday imkoniyatga ega emas edik. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu borada adolat tiklandi. Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratilgan. Kelgusida men ham o‘z biznesimni yo‘lga qo‘yib, tengdoshlarimni ish bilan ta’minlashni niyat qilganman. Shu bois saylovda o‘zim tanlagan munosib nomzodga ovoz berdim. 

Ovoz beruvchilarning kelishi davom etmoqda. 

 

Ulug‘bek Shonazarov, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA 

Поделиться