O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston Jogorku Keneshi spikerini qabul qildi

2017-12-21 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi spikeri Dostonbek Jumabekovni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Qirg‘iziston parlamenti nufuzli delegatsiyasining mazkur tashrifi joriy yil Toshkent va Bishkek shaharlarida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali uchrashuvlarning mantiqiy davomi ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, bu davlatlarimiz o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yaqqol tasdig‘idir. 

Tomonlarning amaliy hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan qat’iy siyosiy irodasi, turli darajadagi aloqalar va tashriflar faollashgani qisqa muddatlarda salmoqli natijalarga erishish va o‘zaro munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitish imkonini bergani alohida qayd etildi. 

Mamlakatlarimiz birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan xalqlarimizning bir-biriga borib-kelishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi jadal ortmoqda, hududlar va sanoat korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalari mustahkamlanmoqda, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda. Biznes va madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Oliy darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi o‘rtasida imzolangan Memorandumning amaliy ijrosi doirasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazilayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Parlamentlararo hamkorlikning amaldagi mexanizmlari salohiyatidan foydalangan holda, muntazam va tizimli aloqalarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. 

Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi spikeri Dostonbek Jumabekov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildirdi. 

Mehmon O‘zbekistonda barcha sohalar, jumladan, parlament va fuqarolik jamiyati o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarish va islohotlarning yangi bosqichini yuksak baholadi. 

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lidagi hamkorlikka tayyor ekani ta’kidlandi. 

Поделиться