O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senatda ichki ishlar vaziri axborot berdi

2017-12-21 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda aholining tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va shu orqali jamiyatimizda tinch va osuda hayotni ta’minlash borasida yangi mexanizm joriy etildi. 

Oliy Majlisi Senati tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari ustidan kuchli jamoatchilik va parlament nazoratini o‘rnatish tizimi yo‘lga qo‘yildi. 

Davlatimiz rahbarining joriy yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. 

Ichki ishlar organlarida hokimlik, prokuratura va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda har bir mahalla miqyosida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, noxush holatlarga zamin yaratayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan “harakatlar formulasi” asosida ish tashkil etilmoqda. 

Ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘in bo‘linmalarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar hamda sektorlarda samarali ishni tashkil etish, aholining eng muhim muammolarini yechish orqali ularning ishonchini oqlash va jamoatchilik kuchidan ko‘proq foydalanilishi natijasida respublika hududida jinoyatlarning kamayishiga erishildi. 

Jumladan, joriy yilda mamlakatimizda jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 ming 788 taga, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar 5 ming 722 taga pasaygan. Ularni turlari bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak: qotillik 122 taga, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish 94 taga, nomusga tegish 92 taga, bosqinchilik 78 taga, talonchilik 142 taga, o‘g‘irlik 511 taga, firibgarlik 107 taga, bezorilik 848 taga, transport vositalarni olib qochish 17 taga kamaygan. 

Profilaktika inspektorlariga samarali xizmat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani ularning xizmat samaradorligi oshishiga zamin yaratmoqda. Joriy yilda mamlakatimizning 1 ming 79 mahallasida bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. 

Eng muhimi, Xorazmda “Jamoatchilik nazorat maskanlari” yo‘lga qo‘yilgani evaziga mavjud mahallalardan 25 foizi, Namangan shahri “Orzu” mahallasidagi ijobiy tajribadan samarali foydalanilishi natijasida viloyatning 20 foiz mahallasi jinoyatdan holi hududga aylantirilishiga erishildi. 

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 107, Surxondaryoda 139, Jizzaxda 53, Navoiyda 52, Andijonda 126 mahallada jinoyat sodir etilmadi. 

Bunda Prezidentimiz tashabbusi asosida har haftaning payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”, chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi” tadbirlari o‘tkazilayotgani o‘zining ijobiy samarasini berayotir. 

Shunga qaramay, jinoyatchilik statistikasi olib borilayotgan ishlar bugungi kun talablariga hali javob bermasligini ko‘rsatmoqda. Amalga oshirilgan kompleks islohotlarga qaramasdan, ayrim rahbar xodimlar tomonidan uning mazmun-mohiyatini to‘liq tushunmasdan, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, hanuz eski qolip asosida ish olib bormoqda. Buning oqibatida qator hududlarda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning oshib ketishiga, qidiruvda yurgan shaxslarning soni kun sayin oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. 

Majlisda bunday holatlarga barham berish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться