O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Keng qamrovli islohotlarning huquqiy asoslari

2017-12-20 | Siyosat

Bugun poytaxtimizda ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida yigirmadan ortiq masalalar ko‘rib chiqiladi.

Kecha parlament yuqori palatasi qo‘mitalarida yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan, ya’ni aholi farovonligini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohasini barqaror rivojlantirish, Vatanimizning yorug‘ kelajagini bunyod etishga qaratilgan dolzarb masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Senatorlar har bir masalani mas’ul idoralar, jamoat tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida atroflicha muhokama qilib, kun tartibidagi qonunlar hududlar ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqida qanday o‘rin tutishiga, xalqimiz hayotiga qanday ta’sir o‘tkazishiga alohida e’tibor qaratishdi.

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyilini qaror toptirish borasidagi asosiy vazifamiz — bu adolatli qonunlar qabul qilishdan iborat, deb alohida ta’kidladi, — dedi senator I. Abrarov. — Chunki qonun adolatli bo‘lsa, u inson huquqlarini amalda himoya qilsa, shundagina odamlar qonunni hurmat qiladi va unga itoat etadi. Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisiga kiritilgan masalalarning katta qismi aynan qonunlar ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, bu har bir xalq vakilidan yanada jiddiyroq yondashishni talab etadi. Shunchaki qonunni ma’qullab ovoz berish bilan ish bitmaydi. Biz ma’qullangan har bir hujjatning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirishda hamda uning bajarilishida faol qatnashishimiz, qonun hujjatlari ijrosi ustidan ta’sirchan parlament va senator nazoratini o‘rnatishimiz ayni zaruratdir.

Yuqori palataning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisida O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur hujjatda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan maqsad va vazifalarni, shuningdek, 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Davlat byudjeti birinchi marta jahon moliya institutlari tomonidan e’tirof etilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilgan.

— Davlat byudjetida avvalgi yillar kabi kelgusi yilda ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan xarajatlar ustuvorliklari saqlab qolinadi, — dedi qo‘mita a’zosi T. Iskandarov. — Ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlash, ko‘mak va yordamga muhtoj insonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘laqonli hayot kechirishlari uchun munosib sharoit yaratib berish ishlari faol davom ettiriladi. Umuman, kelgusi yilda ham arzon uy-joylar barpo qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini ijtimoiy himoyalashning manzilliligi hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadlariga alohida ahamiyat qaratilishi “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyilning hayotiy ifodasidir.

Yana bir muhim jihat. Mamlakatimizning bosh moliyaviy hujjatida mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga, ularning mustaqilligini oshirishga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini faol amalga oshirish nazarda tutilgan.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida esa O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqidagi masala dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Unda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar hamda ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar, shu jumladan, senatorlar zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosiga qaratildi.

Qo‘mitalar majlislarida yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhasini yangilash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, pirovardida esa odamlarning hayotdan, davlatdan rozi bo‘lib yashashiga qaratilgani ta’kidlanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Поделиться