O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish: Gruziya tajribasi

2017-12-17 | Jamiyat

Adliya vazirligining ishchi guruhi a'zolari Tbilisi shahrida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi xodimlari bilan uchrashdi.

Ma’lumki, 2011-yilda Gruziya Respublikasi Adliya vazirligi huzurida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish yagona markazi “Adliya uyi” (Дом юстиции) tashkil etilgan bo‘lib, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tajribasi bo‘yicha boshqa davlatlar orasida Gruziya yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Gruziyada Adliya vazirligi huzurida jami 12 ta “Adliya uy”i va tumanlarda 45 ta ijtimoiy markaz tashkil etilgan bo‘lib, ularning asosiy xususiyati bir joyning o‘zida bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish hisoblanadi.

Ular “yagona darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga hamda fuqarolarga 400 ga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatadi. Masalan, fuqarolik pasportini, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olish, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va boshqalar.

Tomonlarga o‘rganilgan tajribaning ijobiy tomonlarini milliy qonunchiligimizda aks ettirish va aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Поделиться