O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navbatdagi sayyor qabul Farg‘ona viloyatida tashkil etildi

2017-12-17 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 13-14 dekabr kunlari Adliya vaziri R.Davletov, vazir o‘rinbosari A.Tashkulov, vazirlik hamda Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatining Rishton tumani va Farg‘ona, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida 200 nafarga yaqin aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan muloqotlarda 189 ta murojaatlar qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning asosiy qismini, ya’ni 41 tasi uy-joy va yer ajratish, 34 tasi ko‘mir va gaz ta’minoti, 33 tasi huquqiy idoralar va sud qabul qilgan qarorlardan noroziligi, 29 tasi ish bilan ta’minlash hamda 13 tasi tadbirkorlik faoliyati sohasi bilan bog‘liqdir. 50 dan oshiq murojaat joyida hal etildi.

Joyida hal etilgan murojaatlarning aksariyati tadbirkorlik faoliyati, ish bilan ta’minlash, ko‘mir va gaz ta’minoti, aholiga moddiy yordam ko‘rsatish va uning salomatligini tiklash sohalariga to‘g‘ri keladi.

Misol uchun, uzoq muddat davomida hal etilmay kelinayotgan “Universal Aleks” kichik korxonasi va “Farg‘ona azot” AJ, “Fergana Fortuna Atlantik Oil” va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 100 kVtlik uch fazali elektr ta’minotiga ulanish kelishuviga erishishiga amaliy yordam berildi, 11 ta fuqaro ish bilan ta’minlandi, 7 ta fuqarolarga moddiy yordam va ularning salomatligi tiklashlari uchun tegishli order va yo‘llanmalar olinishiga yordam berildi.

Shu bilan birga viloyatda o‘tkazilgan xalq bilan muloqotda fuqarolarning bildirilgan 130 ta murojaatlarining ijrosi Adliya vazirligi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Поделиться