O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahrida fuqarolar bilan qabul o‘tkazildi

2017-12-17 | Jamiyat

2017 yilning 16 dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djurayev Toshkent shahrida fuqarolar bilan uchrashdi.

Mazkur tadbir Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida tashkil etilib, unda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mutasaddi xodimlari, shuningdek, Olmazor, Shayhontohur va Yunusobod tumanlari hokimlarining o‘rinbosarlari va fuqarolar ishtirok etdilar.  

Qabul davomida 12 nafar fuqaro o‘zlarini qiynayotgan muammo bilan murojaat qilishdi. Barcha murojaatlar Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga harbiy xizmatga qabul qilish yuzasidan 6 nafar fuqaroning murojaatlari  ham ko‘rib chiqildi.

Fuqarolarni qabul qilish tadbirlari davom etmoqda.

Поделиться