O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Nukus shahri bosh rejasi asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi

2017-12-16 | Siyosat

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Nukusning bosh rejasi shaharni 2035-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma va aholi turar-joy sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik loyihalarini qamrab olgan.

Davlatimiz rahbari joriy yil yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Nukusning Yernazar Olako‘z ko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalarni bergan edi. 

Rejaga ko‘ra, ushbu markaziy ko‘cha kengaytirilib, transport harakati uchun yanada qulaylik yaratiladi. Yo‘l bo‘yida ko‘p qavatli uylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari quriladi. 

Ayni paytda bu yerda zamonaviy loyihalar asosida 5 qavatli 30 turar joy binosi qurib bitkazilmoqda. Imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladigan ushbu uylarda yashash uchun barcha qulayliklar yaratiladi. Uylar 2018-yilda foydalanishga topshiriladi. Kelasi yili ushbu ko‘chada yana 20 uy quriladi. 

Shaharning Abdamboyev ko‘chasida ham arzonlashtirilgan uylardan iborat turar-joy massivi barpo etilmoqda. Joriy yilda qurilgan ko‘p qavatli 7 uy shu kunlarda o‘z egalariga topshirilmoqda. 

Massivda zamonaviy mahalla markazi, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, go‘zallik saloni, mini-bank, bolalar o‘yin maydonchalari barpo etiladi, hudud obodonlashtiriladi. 

Davlatimiz rahbari aholining arzonlashtirilgan uy-joyga qiziqishi ortib borayotganini inobatga olib kelgusi yilda bu yerda yana 15 ko‘p qavatli uy qurish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 

Shu yerda Prezidentimizning Sergeli tumaniga tashrifi chog‘ida bergan ko‘rsatmalari asosida ko‘p qavatli uylarning 1-qavatida bolalar bog‘chasi va oilaviy poliklinikani joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha taqdimoti ham o‘tkazildi. 

Shavkat Mirziyoyev ushbu uylarning afzalligiga e’tibor qaratdi, loyihani takomillashtirish, ko‘p farzandli oilalar va keksalarga qo‘shimcha sharoitlar yaratish kerakligini ta’kidladi. 

Toshkent pediatriya-tibbiyot instituti Nukus filiali shifoxonasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va rekonstruksiya ishlari, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining yangi bosh o‘quv binosini qurish, “Dian-plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yumshoq yuk konteynerlari ishlab chiqarish loyihalari bilan ham tanishib, mutasaddilarga bu boradagi topshiriq va ko‘rsatmalarini berdi. 

Matnazar Elmurodov, O‘zA

Поделиться