O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘istonda irrigatsiya tarmoqlaridan foydalanish samaradorligi ortadi

2017-12-15 | Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida melioratsiya va irrigatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi. 

2013-2017-yillarda Orolbo‘yi mintaqasida byudjet va markazlashgan kapital mablag‘lar hisobidan 248 milliard so‘mlik irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari amalga oshirilib, 140 ming gektar maydonning suv ta’minoti va 231 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilandi.  

Davlatimiz rahbarining joriy yil 27 noyabrdagi “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. 

Ushbu qarorga muvofiq kelgusi ikki yilda qariyb 140 kilometr kanallar hamda 63 gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilinib, 60 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi. 246 kilometrdan ortiq kollektorlarni qurish-rekonstruksiya qilish, 3 ming 735 kilometr uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshiriladi. Natijada 89 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilanib, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikni oshirishga erishiladi. 

To‘rtko‘l tumanida barpo etilishi rejalashtirilayotgan Sho‘rbuloq suv ombori Amudaryoning quyi oqimida suv taqchil yillarda suv ta’minotini yaxshilash, hududda baliqchilik, chorvachilik, bog‘dorchilikni rivojlantirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. 

Ma’lumki, Orol dengizi sathi pasayib, qirg‘oqdan 180-200 kilometr uzoqlashib ketgani Amudaryoning quyi oqimiga kirib keluvchi suvlar yuqori nishablikdan tushishi va Muynoq tumanidagi Daryo oralig‘i suv ombori yaqinida jarliklar hosil bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu suv omboridagi suv Orol dengizi tomon oqib ketib, Muynoq suv ombori, Ribache, Maqpalko‘l, Zakirko‘l ko‘llariga suv yetib bormasligi, hududdagi baliq va hayvonot dunyosi yo‘q bo‘lib ketish xavfini tug‘dirmoqda. 

Ushbu xavfning oldini olish maqsadida 2013-2017-yillarda shimoliy va sharqiy dambalarni rekonstruksiya qilish hamda suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash ishlari bajarildi. Navbatdagi bosqichda Maypost ko‘li bo‘ylab to‘g‘on yo‘lini tiklash va ko‘ldan Amudaryoning eski o‘zaniga suv o‘tkazish imkonini beradigan gidrotexnik inshootni qurish mo‘ljallangan. 

Davlatimiz rahbariga chet el investitsiya dasturlari asosida janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash loyihasi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. 

Loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida Ellikqal’a, Beruniy va To‘rtko‘l tumanlarida 100 ming gektarga yaqin maydon suv bilan ta’minlanib, yiliga 269 million kubometr suv tejaladi. 23 nasos stansiyasi, Suv iste’molchilari uyushmasi va fermer xo‘jaliklari hisobidagi 450 dan ortiq nasos agregatlari to‘xtatilishi har yili 52 million kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini beradi. 

Prezidentimiz irrigatsiya sohasidagi loyihalarni sifatli bajarish va mintaqada suv resurslaridan tejab foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi. 

 

Matnazar Elmurodov, O‘zA

Поделиться