O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi
2017-12-13 | Siyosat
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida munosabatlarni kompleks tartibga solish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etishda ta’sirchan nazoratni ta’minlash, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari, tizimda hal etishni talab qiladigan ko‘plab muammolar ko‘rib chiqilmoqda.