O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qo‘shnining ogohligi inson hayotini saqlab qoldi
2017-12-11 | Sog‘liqni saqlash
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga fuqaro J.R. qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shnisi 75 yoshli M.L. xonadon eshigini ochmayotganligi va qo‘ng‘iroqlarga javob bermayotganligini xabar qiladi.
Olingan xabarga asosan qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, mahalla raisi va qo‘shnilar ishtirokida maxsus qutqaruv asbob-uskunalari yordamida M.L.ning xonadoni eshigini ochib ichkariga kirib, uni behush holatda yotganligini ko‘radilar. Darhol fuqaro M.L.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, malakali shifokorlarga topshirdilar.
Qo‘shnining hushyorligi va qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yana bir kishining hayoti saqlab qolindi.