O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Termiz” MFYda zamonaviy mahalla guzari foydalanishga topshirildi
2017-12-08 | Jamiyat
Termiz tumanidagi “Termiz” mahalla fuqarolar yig‘inida zamonaviy mahalla guzari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkiliy asoslarini takomillashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash va nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Prezidentimizning 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Ushbu mahalladagi 849 oilada turli millatga mansub 3 ming 490 dan ortiq aholi ahil-inoq hayot kechirmoqda. Guzarda barcha sharoitga ega mahalla idorasi, ijtimoiy dorixona, tibbiyot punkti, savdo do‘koni va sartaroshxona, profilaktika inspektorining xizmat uyi qurilgan.
Zamonaviy usulda jihozlangan mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosida xodimlar va profilaktika inspektori uchun barcha sharoit yaratilgan. Keng va yorug‘ majlislar zali va boshqa xonalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan.
Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA