O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Navoiy shahrida zamonaviy boshlang‘ich ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi
2017-12-08 | Ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Navoiy shahridagi 27-maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Navoiy shahar hokimi U.Xalilov, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i G.Aslonova va boshqalar mamlakatimizda ta’lim tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Xususan, maktab yoshigacha bo‘lgan davrda bolaning dunyoqarashi va tasavvurini kengaytirish, turli xorijiy tillar va fanlardan boshlang‘ich bilimini shakllantirishda oliy ma’lumotli, tajribali pedagog kadrlar keng jalb etilishi yuksak samaralar bermoqda. Prezidentimizning joriy yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
Joriy yilda viloyatda 4 maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilinib, 6 tasi kapital ta’mirdan chiqarildi. 2018-yilda 10-maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash rejalashtirilgan.