O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Asakada Islom Karimov yodgorlik majmuasi ochildi

2017-12-08 | Jamiyat

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochilishida davlat va jamoat tashkilotlari, «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va uning tizimidagi korxonalar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ishtirok etdi.

Mustaqilligimiz asoschisi, buyuk siyosatchi va davlat arbobi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida mamlakatimizni taraqqiy ettirish, xalqimiz ma’naviyati, turmush farovonligini yuksaltirish, bunyodkorlik borasida asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida yurtimizda avtomobilsozlik sanoati shakllangani, O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchi jahondagi sanoqli davlatlar qatoridan o‘rin olgani faxr bilan qayd etildi. 

– Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1996-yilda Asakada ishga tushirilgan avtomobil zavodida dastlab uch rusumdagi mashina ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda 11 rusumli zamonaviy avtomobillar tayyorlanmoqda, – deydi “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori vazifasini bajaruvchi R.Rajabov. – To‘la quvvat bilan ish olib borayotgan zavodimizda yiliga 200 mingta turli rusumli avtomobil ishlab chiqarilmoqda.

Ayni paytda Islom Karimov nomi bilan ataluvchi Asaka avtomobil zavodida 10 mingdan ortiq ishchi mehnat qilayotir. Zavodda o‘tgan davr mobaynida 2 million 700 mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqarildi. Bugungi kunga kelib korxona avtomobillari jahonning 10 dan ortiq mamlakatiga eksport qilinmoqda. 

– Zavod qurilishi boshlangandan buyon shu yerda ishlayman, – deydi “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati yigiruv sexi smena ustasi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Dilshodbek Mullajonov. – O‘sha paytlarni yaxshi eslayman, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov zavod qurilishiga bosh-qosh bo‘lgan, Asakaga tez-tez kelib, qurilish jarayoni bilan bevosita tanishar, ishlarni jadallashtirish yuzasidan zarur topshiriqlar berar edi. O‘sha paytda u kishidagi shijoat, jonbozlikni, ayniqsa, el-yurt uchun fidoyilikni ko‘rib, biz ham astoydil mehnat qilishga intilardik. Bugun ana shu tarixiy jarayonda qatnashib, yurtimiz avtomobilsozligining yuragi bo‘lgan ushbu zavodda ishlayotganimdan faxrlanaman. Mana shunday ulug‘vor ishlar tashabbuskori Islom Karimov xotirasi qalblarimizda hamisha barhayotdir.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan yodgorlik majmuasiga gulchambarlar qo‘yildi. Ular korxonada tashkil etilgan Islom Karimov muzeyidan o‘rin olgan eksponatlar bilan tanishdi. 

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi. 
 

Fahriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA

Поделиться