O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sumie san’atining o‘ziga xos jozibasi

2017-12-08 | Madaniyat

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Bosh qomusimiz qabul qilinganining 25 yilligi hamda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan ochilgan hisobot ko‘rgazma yapon sumie rassomlik san’ati guruhi a’zolarining ijodiy izlanishlariga bag‘ishlandi. 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmaga musavvirlar, san’atshunoslar, tasviriy san’at ixlosmandlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif qilindi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi F.Obidjonova va boshqalar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro diplomatik aloqalar san’atda, xususan, tasviriy san’atda ham yanada yorqinroq ifodasini topayotganini ta’kidladi. 

Sumie rassomlik san’ati Yaponiyaga XIV asrda kirib kelgan. Dastlab aristokrat va samuraylar o‘rgana boshlagan bu san’at “sumi” – tush, “e” – tasvir, ya’ni “tushda chizaman” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda sumie san’atining ijodkorlari dunyo bo‘yicha ko‘pchilikni tashkil etadi. 

Karvon saroyda faoliyat ko‘rsatayotgan yapon sumie san’ati guruhining yigirmaga yaqin a’zosi bor.

– Bu san’at turi bilan ko‘proq yoshi ulug‘ insonlar shug‘ullanadi, – deydi musavvir Gayane Matevosyan. – O‘ziga xos jozibaga ega sumie san’ati ijodkorlari hayotda ro‘y berayotgan voqealarga o‘zlarining munosabatlari va qarashlarini qog‘ozga tushiradi. Bunda akvarelga o‘xshash buyoqlar, tush va guruchdan tayyorlangan qog‘ozdan keng foydalaniladi. Bugungi ko‘rgazma ikkinchi bor tashkil etilmoqda. Unda guruhimiz a’zolari hayot va tabiatning go‘zal ko‘rinishlarini tasvirlagan. 

– Yigirma besh yilga yaqin farmatsevt bo‘lib ishladim, – deydi Svetlana Rasulova. – Ushbu san’at dargohiga kelib, o‘z imkoniyatlarimni namoyish etishga muvaffaq bo‘lganimdan juda xursandman. Ko‘rgazmada “Orxideya gullari”, “Pechakgul”,“Piongul” kabi chizmalarim bilan qatnashdim. 
 

Nasiba Ziyodullayeva, A’lo Abdullayev (surat), O‘zA 

Поделиться