O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oilaviy poliklinikaning rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi
2017-12-07 | Sog‘liqni saqlash
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Samarqand shahridagi 2-oilaviy poliklinikaning rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016 yilda Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Samarqand shahri aholisining ko‘payib borayotgani hamda zamonaviy tibbiy xizmatga ehtiyoj yuqori ekanini hisobga olib, yangi tibbiy muassasalar tashkil etish, oilaviy poliklinikalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan vazifalar belgilab bergan edi. Ushbu vazifalar asosida shahardagi 2-oilaviy poliklinika binosi ham 5,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga rekonstruksiya qilindi.
– 480 qatnovga mo‘ljallangan muassasamiz shahardagi 37 mahallaning 77 mingdan ortiq aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi, – deydi oilaviy poliklinika bosh shifokori M.Turdiyeva. – 50 nafar yuqori malakali mutaxassislar muassasada faoliyat olib bormoqda. Prezidentimizning alohida e’tibori natijasida endilikda bu yerda xalqimizga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yanada kengaydi.
G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA