O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yo‘l-transport hodisalari soni 17 taga kamaydi

2017-12-07 | Jamiyat

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan qish mavsumida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Prezidentimizning 2017-yil 11-iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. 

Mazkur hujjat ijrosi doirasida tumanda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yo‘l harakati ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini yuksaltirish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish, xizmat vaqtida muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishiga e’tibor kuchaytirilmoqda. 

Tahlillarga ko‘ra, tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llaridan bir kecha-kunduzda 25-30 ming transport vositasi harakatlanadi. Bu yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Tuman hududida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va turli qoidabuzarliklarni aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

– Haftaning har payshanbasi profilaktika kuni, har shanbasi esa yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash kuni, deb e’lon qilinib, viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan birgalikda qo‘shma reydlar muntazam o‘tkazilmoqda, – deydi Oqoltin tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, leytenant Q.Shodmonqulov. – Yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida “Harakat xavfsizligi oyligi”, “Diqqat: piyoda” kabi maxsus tadbirlarni ham muntazam yo‘lga qo‘ydik. Bu ishlar natijasida yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 taga kamaydi. 

Joriy yilning o‘tgan 11 oyida tumandagi 112 ta’lim muassasasi, korxona-tashkilotlar, avtoxo‘jalik va mahallalarda 97 marta uchrashuv tashkil etilib, yo‘l harakati qoidalari, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida atroflicha tushunchalar berildi. 

Shu davrda Oqoltin tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan 870 yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan. Shundan 272 tasi qo‘pol ravishda qoida buzish holatlaridir. 

Ayni paytda qish mavsumida xodimlar hushyorligini yanada oshirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun barcha zarur chora-tadbir ko‘rilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Masalan, tuman hududida 65 turli yo‘l belgilari o‘rnatilib, yaroqsiz holga kelgan 18 yo‘l belgisi yangisiga almashtirildi. Ichki yo‘llarning 1 ming 155 kilometri joriy ta’mirlanib, tuproq yo‘llarga shag‘al yotqizildi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi idoralarga 3 taqdimnoma kiritildi. 

Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishi, ayniqsa, uzoq masofaga qatnovchi, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi avtomobillar harakatini nazorat qilish bo‘yicha kuchaytirilgan tartibda reydlar tashkil etilmoqda. 

 

Abdujalol Qayumov, O‘zA

Поделиться