O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston Prezidenti Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi

2017-12-05 | Siyosat

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Toshkentdagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasiga tashrif buyurdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida tarixiy obidalarni asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimizning boy merosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilmoqda, Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad Termiziy, Qarshi tumanidagi Abul-Mu’iyn Nasafiy ziyoratgohlari va boshqa qadamjolarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon mus’hafi va boshqa tarixiy-ma’rifiy yodgorliklarni katta qiziqish bilan ko‘rdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan islom dinini o‘rganish, uning asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.

 

Abu Bakir O‘rozov, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA

Поделиться