O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilg‘or tajribalarni o‘rganish yo‘lida

2017-12-01 | Ta’lim

Poytaxtimizda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 29-noyabr–1-dekabr kunlari Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Ta’lim markazi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbarining yaqinda Koreya Respublikasiga qilgan davlat tashrifi doirasida imzolangan ko‘pgina bitim va kelishuvlar bilan birga ta’lim sifatini oshirish maqsadida yurtimizda ushbu davlatning o‘qitishga oid ilg‘or tajribalarini joriy etish masalasiga e’tibor ham qaratilgan edi.

Seminarning tantanali ochilish marosimida Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Ta’lim markazi direktori Kim Bom Su va Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Choy Chun Xa ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar samaralari, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan kelgusidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Seminar ishtirokchilari 10 ta kichik guruhlarga bo‘lingan holda, pedagoglar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘qitish va amaliyotda qo‘llash, multimedia mahsulotlarini yaratish, ta’lim sifatini monitoring qilishdagi mezonlarni ishlab chiqish va baholash tizimini takomillashtirish, ta’limni boshqarishni tashkil etish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha xorijlik mutaxassislar bilan tajriba almashish imkoniyati yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirliklari va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazining mas’ul xodimlari Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligining mutaxassislari bilan ilg‘or ish tajribalari xususida o‘zaro fikr almashishdi.

Tashkil etilgan ushbu seminar O‘zbekistonda ta’lim sifatini yanada oshishiga va kelgusida ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Поделиться