O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kurash buyicha XI jahon chempionati boshlandi

2017-12-01 | Sport

Turkiyaning Istanbul shahrida kattalar o‘rtasidagi kurash bo'yicha XI jahon chempionatiga start berildi. 4 dekabrga qadar davom etadigan mazkur nufuzli turnirda Osiyo, Afrika, Yevropa va Amerika qit’asidan 50 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Bugun musobaqa oldidan “Pullman Convention Center Istanbul” mehmonxonasida Turkiya va xorij davlatlarining ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unida Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi prezidenti Xaydar Farmon (Quvayt), Baxcheleyevler munitsipaliteti Meri va Jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi raisi hamda Turkiya Kurash Federatsiyasi prezidenti Yusuf Yildirimlar ishtirok etdi. Ular ushbu turnir haqidagi o‘z fikr mulohazalarini bildirdi hamda ishtirokchilar savollariga atroflicha javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur chempionat Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Turkiya kurash federatsiyasi va Istambulning Baxcheleyevler munitsipaliteti tomonidan tashkil etilgan. Unda erkak va ayollar 15 vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Поделиться