O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

FIDE prezidenti yurtimizda shaxmat rivojiga yuqori baho berdi

2017-12-01 | Sport

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov mamlakatimizga keldi.

Mehmon dastavval O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi muzeyiga tashrif buyurib, mustaqillik yillarida o‘zbek sportchilari erishgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng FIDE rahbari Milliy Olimpiya qo‘mitasining yangi binosiga borib, bu yerda yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi.

O‘z navbatida, nufuzli mehmon Milliy Olimpiya hamda Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitalari mutasaddilari uchrashdi. Suhbat davomida Kirsan Ilyumjinov o‘zbekistonlik sportchilar xalqaro maydonda bejiz yuqori natijalar ko‘rsatmayotgani haqida aytib, buning zamirida katta mehnat hamda davlat tomonidan sportchilar uchun yaratilgan zarur shart-sharoit mavjudligiga alohida urg‘u berdi. Mamlakatimiz shaxmatchilarining xalqaro maydondagi obro‘si esa kun sayin o‘sib borayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Kirsan Ilyumjinov samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, FIDE prezidenti poytaxtimizda boshlangan bolalar shaxmat festivalining ochilishida qatnashib, “aql gimnastikasi”ning navqiron vakillari bilan muloqotda bo‘ldi.

Поделиться