O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston “FAST TEXTILE 2017” to‘qimachilik ko‘rgazmasida

2017-12-01 | Iqtisodiyot

Varshavada bo‘lib o‘tgan “FAST TEXTILE 2017” Xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida dunyoning 70 mamlakatidan 300 dan ziyod kompaniya, jumladan, O‘zbekiston vakillari qatnashdilar.

Ko‘rgazmada tarmoqda qo‘llaniladigan turli uskunalar, rang-barang gazlamalar, kalava, to‘qimachilik sanoati uchun yordamchi materiallar va boshqa mahsulotlar namoyish qilindi. 

Respublikamiz industriyasidagi so‘nggi tamoyillar va yangiliklarni o‘zida aks ettirgan 80 ta eksponat O‘zbekiston to‘qimachilari namoyish etgan milliy bo‘lma peshtaxtalaridan joy oldi. 

Ushbu xalqaro tadbir chog‘ida mamlakatimiz vakillari qator yetakchi kompaniyalar bilan ip-gazlama mahsulotlari, kalava, paxmoq va tayyor to‘qimachilik buyumlari yetkazib berish yuzasidan muzokaralar o‘tkazishdi.

Polshaning “Polhim Sp.z.o.o” kompaniyasi va “O‘zbekengilsanoat” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi huzuridagi To‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning yakunlari bo‘yicha yagona qo‘shma ombor barpo etish vositasida o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Polshaga hamda Yevropa mamlakatlariga ilgari surish va yetkazib berish bo‘yicha birgalikda ish olib borish haqidagi Memorandum imzolandi.

Ko‘rgazma doirasida Polsha kompaniyalari bilan 2018-yilda to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hammasi bo‘lib qariyb 6 million AQSh dollari hajmiga teng bo‘lgan shartnoma-dastlabki ahdlashuvlar tuzildi. 

Bundan tashqari, Varshava hamda Lodz shaharlarida O‘zbekiston to‘qimachilik savdo uylarini barpo etish yuzasidan birgalikda ish olib borishga ham kelishib olindi. 

Ekspozitsiya doirasida bu sohada tajriba almashish va biznes yuritish bo‘yicha konferentsiya va seminarlar ham uyushtirildi. Ko‘rgazmaning ayrim tashkilotchilari va qatnashchilari “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekistonning ushbu xalqaro tadbirdagi ishtiroki yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar. 

Masalan, “FAST TEXTILE 2017” ko‘rgazmasi tashkiliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari M.KorchinskiO‘zbekiston bo‘lmasi tadbirning ko‘p sonli ishtirokchilari va mehmonlari e’tiborini o‘ziga tortganini ta’kidladi.

- Ko‘rgazma biz uchun turli mamlakatlar mahsulotlarini tanitish va ilgari surishdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadi, - dedi u. - O‘zbekistonlik hamkasblarimiz eng ilg‘or to‘qimachilik ishlanmalarini namoyish etishdi, ular Koreya, Turkiya, Xitoy va sohaning boshqa yirik ishlab chiqaruvchilari eksponatlari bilan raqobat qiladi. Biz bugungi kunlarda O‘zbekistonda sifatli, raqobatbardosh va talab-ehtiyoj mavjud bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganiga ishonch hosil qildik. 

Zigmund Sibulski, Polshadagi TEX-POL kompaniyasi rahbari:

- Biz 15 yildan buyon o‘zbek sheriklarimiz bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Ular mahsulot yetkazib beruvchi sifatidagi o‘z majburiyatlarini doimo o‘z vaqtida va bekamu ko‘st bajarishadi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston namoyish etgan mahsulotlar yengil sanoat buyumlarini ilgari surish nuqtai nazaridan rang-barang va istiqbolli mamlakat sifatida mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Polsha to‘qimachilari O‘zbekiston savdo uyining ochilishidan juda manfaatdordir.

Поделиться