O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bolalarning axborot xavfsizligi–qonun himoyasida

2017-12-01 | Jamiyat

Termizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari mas’ul xodimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, mahalliy OAV rahbarlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz shahri va tuman kengashlari raislari, markaziy ommaviy-axborot vositalarining viloyatdagi muxbirlari, aloqador boshqa tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdi. 

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari R.Choriyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi J.Pirmatov va boshqalar mamlakatimizda yosh avlod huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilib, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan. 

Tadbirda qonunda tavsiflangan axborot mahsuloti, axborot mahsulotining aylanishi, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi, bolalar sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotlar, axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish va ekspert xulosasini taqdim etish kabi masalalar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi organ va tashkilotlar vakolati, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, NNT, OAVning bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtiroki to‘g‘risida fikr almashildi.

– Globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan hozirgi paytda navqiron avlodning axborot xavfsizligini qonun bilan muhofaza qilish Vatanga sodiq, fidoyi, chuqur bilimga ega yoshlarni kamolga yetkazishda muhim ahamiyatga ega, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘limi rahbari O.Xudoyqulov. – Ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yurtimiz tinchligi va hayotimizning yanada farovon bo‘lishiga xizmat qiladi. Ushbu hujjatda axborot mahsulotlari jumlasiga Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtiriladigan axborotlar, komputer o‘yinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborotlar ham kiritilgan, bolalar sog‘ligiga zarar yetkazadigan va bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsulotlari aniq belgilab qo‘yilgan.

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Поделиться