O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlarning huquqiy bilimi sinovdan o‘tkazildi

2017-11-30 | Jamiyat

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida “Adolat bilimdoni” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari A.Rahmonov va boshqalar mamlakatimizda navqiron avlodning siyosiy-huquqiy madaniyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbuskorlik va ijodkorlik qobiliyatini rag‘batlantirish, mustaqil fikrlash va nutq madaniyatini o‘stirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularda yetakchilik sifatlarini rivojlantirish, davlat va jamiyat ishlarida yoshlarning faolligini kuchaytirish, yoshlarning siyosiy, huquqiy, tibbiy, ekologik madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shish, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida qator siyosiy-huquqiy va targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. 

– So‘nggi yillarda partiya saflarida yoshlarning ishtiroki sezilarli darajada oshganligi partiyamizning aholi orasida tanilib borayotganidan dalolat beradi, – deydi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi «Yosh adolatchilar» qanoti kengashi raisi Umid Sulaymonov. – Bugungi kunda partiya a’zolarining 37 foizdan ortig‘i, ya’ni 78 mingga yaqinini yoshlar tashkil etmoqda. Partiya saflarida o‘zining faolligi, intellektual salohiyati, ijodiy qobiliyati bilan yuksak muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan yigit-qizlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Mamlakatimiz yoshlarining huquqiy va siyosiy bilimini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini o‘stirish maqsadida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan tanlovning quyi bosqichlarida to‘qqiz yuzga yaqin o‘quvchi-yoshlar qatnashdi. 

Tanlovning mamlakat bosqichida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining 14 o‘quvchisi o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. 

Tanlov nizomiga ko‘ra, ishtirokchilarning Konstitutsiyamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarini qamrab olgan savol-javob asnosida siyosiy-huquqiy bilimi, o‘zi ta’lim olayotgan muassasadagi partiya boshlang‘ich tashkilotining tashkiliy-huquqiy asoslari haqidagi qarashlari baholandi. 

O‘rta Chirchiq tumani axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Gulchehra Sultonxonova birinchi o‘rinni, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi o‘quvchisi Zilola Ahmedova ikkinchi, Chortoq pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Mushtariy Yo‘ldosheva hamda Qorao‘zak iqtisodiyot va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Sevara Hojaniyazova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

G‘olib va sovrindorlar diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Поделиться