O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kollej bokschilari joriy yil 82 medal jamg‘ardi

2017-11-30 | Sport

Namangan olimpiya zaxiralari kollejida nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir iqtidorli sportchilar tarbiyalanadi.

Bu yerda, ayniqsa, boks sport turiga qiziquvchi yoshlar safi tobora kengaymoqda.

– Joriy yilda boks bo‘yicha o‘tkazilgan yurtimiz hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda kollejimiz yoshlari 45 oltin, 24 kumush, 13 bronza, jami 82 medalni qo‘lga kiritdi, – deydi murabbiy To‘lashboy Doniyorov. – Shuningdek, ikki nafar tarbiyalanuvchimiz imtiyozli ravishda oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilindi. Ayni paytda 2018-yilda Argentinada o‘tkaziladigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etish uchun nomzod sportchilar bilan individual mashg‘ulotlar olib borilmoqda. 
 

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA

Поделиться