O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gazdan xavfsiz foydalanish mavzusiga bag‘ishlandi
2017-11-30 | Jamiyat
Joriy yilning 28-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasining anjumanlar zalida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida “Turmushda gazdan xavfsiz foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa tegishli idora va xizmat vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad joylarda gazdan xavfsiz foydalanish borasida aholi o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini tashkil qilish, bugungi kunda ko‘p uchrayotgan is gazidan zaharlanishdek salbiy holatlarni oldini olishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlar, turmushda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talofatlarni oldini olish borasida ma’ruzalar o‘qilib, keng muhokama qilindi.
Seminar yakunida tadbir ishtirokchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan berilgan savollarga mutasaddi rahbarlar atroflicha javob berishdi.