O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro press-klubda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ishtirokida navbatdagi anjuman bo‘lib o‘tdi

2017-11-30 | Jamiyat

Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bahodir Mirusmonov, rais o‘rinbosarlari A’zam Ikromov, Mahmudjon Ziyodullayev va soha mutaxassislari mavzu yuzasidan ma’lumot berdi. 

Ta’kidlandiki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohaga doir ustuvor yo‘nalishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim omil bo‘ldi. Shuningdek, mazkur qaror makroiqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni qamrab olishni kengaytirishga qaratilgan statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilishning zamonaviy usullarini keng joriy etishga xizmat qilmoqda. 

Bugungi kunda milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun statistik axborotlarning erkinligi, oshkoraligini ta’minlash, O‘zbekiston rivojlanish ko‘rsatkichlarini xalqaro statistik to‘plamlarda chop etish ishlari belgilangan talab darajasida amalga oshirilmoqda. Xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. 

Statistika organlarining tahliliy imkoniyatlarini mustahkamlash, ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etish, davlat va idoraviy statistik kuzatuvlar tizimini maqbullashtirish, ularning ishonchliligi va sonini bosqichma-bosqich oshirish orqali xolis hisobot ma’lumotlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda xolis va to‘g‘ri baholanishini ta’minlash maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning 18 savolnomasi doimiy ravishda to‘ldirib kelinayotgani qayd etildi. Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan statistika sohasida yaqin hamkorlik qilinmoqda. 

Joriy yil noyabr oyidan e’tiboran Davlat statistika qo‘mitasining internet tarmog‘idagi yangilangan veb-sayti ishga tushdi. Unga statistik va tahliliy ma’lumotlar, foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar muntazam joylashtirib borilmoqda. Bundan tashqari, Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga ulanish jarayoni amalga oshirilmoqda. 

Bu kabi amaliy ishlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar samaradorligi ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 

Anjumanda soha mutaxassislari jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA

Поделиться