O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yusuf Roziqov: Ushbu festival kinoijodkorlarga ishonch, muloqot uchun imkoniyat bermoqda

2017-11-30 | Jamiyat

“PROlogue” festivali doirasidagi ijodiy uchrashuvlar, mahorat saboqlari yosh kinorejissyorlar, teatr, kinorassomlik, kinoshunoslik, fotografiya, adabiyot, ommaviy axborot vositalari, jumladan, telejurnalistika sohalarida izlanayotgan ijodkorlar uchun qiziqarli va foydali tarzda o‘tmoqda.

Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan ijodiy muloqot zamonaviy kino san’ati, unda yoshlarning o‘rni, kinematografiya istiqbollariga bag‘ishlandi. 

“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Rizayev, O‘zbekiston xalq yozuvchisi E.A’zamov va boshqalar mamlakatimizda milliy kino sohasiga ko‘rsatilayotgan e’tibor yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, badiiy didini charxlash, tafakkurini yanada kengaytirishdek maqsadlarni ko‘zlashi bilan ahamiyatli ekanini ta’kidladi. 

An’anaviy o‘tkazilayotgan “Eng ulug‘, eng aziz”, “E’tirof” kabi ijodiy tanlovlar san’atning turli yo‘nalishlari kabi kinematografiyada izlanayotgan yosh iste’dod sohiblarini aniqlash, ularni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash imkonini bermoqda. 

“PROlogue” festivali dasturidan o‘rin olgan ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuv va anjumanlar ham faoliyatini kinodek murakkab san’at turi bilan bog‘lagan yoshlarning ilk ijodiy izlanishini, faoliyatini teran tahlil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

– Ushbu festival kinoijodkorlarga ishonch, muloqot uchun imkoniyat bermoqda, – deydi taniqli rejissyor Yusuf Roziqov. – Men o‘tgan asrning 20-yillarida faoliyat ko‘rsatgan o‘zbek ma’rifatparvar ziyolilari haqida film yaratishni orzu qilaman. Har bir ijodkor o‘zligini, o‘ziga xos betakror uslubini, qarashlarini saqlab qolsagina muvaffaqiyatga erishadi. Yo‘ldosh A’zamov, Shuhrat Abbosov, Ravil Botirov kabi kino darg‘alarining filmlari jahon kinosining durdonalariga aylangan. Yosh rejissyorlardan Yolqin To‘ychiyevning doimiy izlanishlari, Ayub Shahobiddinovning shoirona kayfiyati filmlarida yaqqol seziladi. Ular o‘z uslubi, o‘z qarashiga ega bo‘lgan ijodkorlar. Adabiyotsiz kino bo‘lishi mumkin emas. Yoshlarning ko‘proq kitob o‘qishini istar edim. 

Kinohaftalikning navbatdagi kunida mahorat saboqlari, yosh rejissyorlarning filmlari loyihalari taqdimoti, “Xalqaro kinofestival ostonasida” mavzuidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться