O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining majlisiga oid
2017-11-30 | ShHT
2017-yilning 27-29-noyabr kunlari Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston, Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Xitoy delegatsiyalari tomonidan ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining (bosh vazirlar) navbatdagi majlisiga tayyorgarlikning amaliy masalalari hamda yakuniy hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.