O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifiga oid
2017-11-30 | Siyosat
2017-yilning 30-noyabr kuni Toshkent shahriga Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
Rossiya parlamentining yuqori palatasi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi hamda “O‘zbekiston va Rossiya: 25 yillik strategik sheriklik” nomli tarixiy-hujjatli ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etadi.
Shuningdek, 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiyasi Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiya majlisi bo‘lib o‘tadi.
Rossiya parlamenti delegatsiyasi bilan birga ishbilarmon doira vakillari ham mamlakatimizga kelgan bo‘lib, tashrif dasturiga binoan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari” mavzusidagi “davra suhbati”ni o‘tkazish kutilmoqda.