O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv
2017-11-30 | Siyosat
2017-yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon Uni qabul qildi.
Suhbat davomida uzoq muddatli ikki tomonlama hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilash imkonini bergan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi va yuqori va boshqa darajalardagi muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliya-investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan o‘zaro manfaatli kelishuvlarni hamda ikki mamlakat yetakchi iqtisodiy tizilmalari o‘rtasida yirik tijorat shartnomalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.