O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi Ma’muriy baholash byurosi direktorining o‘rinbosari, Yaponiya Ombudsmani Sedjiro Yoshikayo bilan uchrashuv
2017-11-29 | Siyosat
2017-yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Oliy Majlis Senati Raisi o‘rinbosari S. Artikovaning Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi Ma’muriy baholash byurosi direktorining o‘rinbosari, Yaponiya Ombudsmani S.Yoshikayo bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat asnosida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishning holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligining Ma’muriy baholash byurosi o‘rtasidagi Hamkorlik memorandumini imzolash masalalari ham muhokama etildi.